O'zbekiston U-16 navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2020
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasidan o'rin olgan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini tamomladi.

Yig'in so'nggida o'smirlarimiz “Chig'atoy” bazasida o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Unda Olim Shokirov shogirdlari “Neftgazmontaj” vakillariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi.

O'zbekiston U16 0-0 “Neftgazmontaj”

O'zbekiston U16:
Jo'rabekov Samandar, To'xtasinov Toxir, Abdurazoqov Mirkomil, Xusanov Abduqodir, Todorov Kirill, Xabibullaev Nodir, Xayrullaev Alisher, Islamov Rian, Usmonov Muxammadali, Akbaraliev Shaxzod, Xojiboev Sardor

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Musulmonov Atxam, Payonov Sunnat, Baxtiyorov Javoxir, Jumaxonov Po'lat, O'rozov Jaxongir, Pazildinov Muxriddin, Assomiddinov Diyorbek, Qoxorjonov Asad, Najafaliev Bayram, Beglarxanov Asad, Turdimurodov Rustam, Hakimov Aziz, O'rinboev Muxammadali, Akramov Shaxzod


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати