

Ilhom Xanjariev murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi a'zolari yig'in davomida test sinovlari topshirishdi. 25 nafar futbolchi qizlarning jismoniy holati nazoratdan o'tkazildi. Ushbu test sinovlardan asosiy maqsad futbolchilarning tashkil etiladigan o'yinlarga qay darjada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat.
Mazkur test-sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, test sinovlari natijalariga ko'ra futbolchilarga tegishli yuklamalar berib boriladi.



