O'zbekiston terma jamoasi ertaga yig'inni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013, 21:23
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2014 saralashi doirasidagi Iordaniyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni 28 avgust kuni boshlaydi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa ertadan yig'inni boshlaydi. Hozircha yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum emas. Bu hafta asosan mahalliy klublarda to'p tepayotgan futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishsa, hafta so'nggida legionerlar tur o'yinlarini o'tkazib keyin yurtimizga kelishadi. 

Terma jamoamiz 6 sentyabr kuni safarda Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. 10 sentyabr kuni esa Toshkentda javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.  

Eslatib o'tamiz, jarohatlari bois bu yig'inda Ignatiy Nesterov, Shohruh Gadoev va Fozil Musaev kabi futbolchilar ishtirok eta olishmaydi. Hujumchi Farhod Tojievning Iordaniyaga qarshi o'ynashi so'roq ostida. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia