

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi o'tgan haftada Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ispaniyaga qarshi o'yindan so'ng Uli Shtilike jamoasi 5 iyun kuni Chexiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Eron milliy terma jamoasi esa, o'tgan haftada Makedoniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi uchchala golga ham Sardor Azmun mualliflik qilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi yana bir raqibi – Xitoy terma jamoasi esa o'z maydonida Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi ilk turidagi raqibi – Suriya terma jamoasi esa 3-5 iyun kunlari Tailandda bo'lib o'tgan "Qirol Kubogi" turnirida ishtirok etdi. Musobaqa yarim finalida mezbon – Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Suriya terma jamoasi 2:2 hisobida durang o'ynadi. Penaltilar seriyasida esa Tailand g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi. Uchinchi o'rin uchun o'yinda esa, Suriya terma jamoasi BAAni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi raqiblarining o'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etgan natijalari.
Janubiy Koreya – Chexiya 2:1
Gollar: Yun Bitgaram (26), Suk Xen Jon (40) – Marek Suxi (46).
Makedoniya – Eron 1:3
Gollar: A. Traykovski (10) – S. Azmun (8, 20, 60).
Xitoy – Trinidad va Tobago 4:2
Gollar: Jian Ning (3), Jang Yi (31, 65), Xu Rentian (89) – U. Plaza (67, 86).
"Qirol Kubogi". Yarim final.
Tailand – Suriya 2:2 (penaltilar seriyasida 7:6).
Gollar: T. Dangda (21), M. Tossakai (44) – M. Almavaz (60), A. Agiya (86).
"Qirol Kubogi". Uchinchi o'rin uchun o'yin.
BAA – Suriya 0:1
Gol: H. Mido (50).



