O'zbekiston o'smirlari bir o'yinda eng ko'p masofa bosib o'tgan jamoa bo'lib turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023, 18:22
Terma jamoa bugun chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etib, turnirning chorak finaliga yo'l oldi.

"Oq bo'rilar" ushbu bosqichda Fransiya - Senegal bellashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ayni damda musobaqa ishtirokchilari orasida 90 daqiqa davomida eng ko'p masofa bosib o'tgan jamoa bo'lib turibdi, ularda bu ko'rsatkich 133 kmni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia