O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ikkinchi o'yinda Belarusni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2016, 10:55
Minskda navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 27 iyun kuni Belarusga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Asad Sobirjonov hamda Abubakr Mo'ydinov kiritgan gollarga Belarus o'smirlari bir gol bilan javob qaytara olishdi - 2-1.

25 iyun kuni O'zbekiston hamda Belarus o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tgan edi va unda Olimxo'jaev shogirdlari 1-2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qur'a natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

25.06.2016, Minsk

Belarus U-16 - O'zbekiston U-16 1:2

O'zbekiston gollari:
A. Sobirjonov, A. Mo'ydinov

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tarkibi: X. Jo'raev, M. Namozov, I. Xoldorov, A. Mo'ydinov, M. Abdullaev, O. O'runov, G. Azizxo'jaev, D. Abdumannopov, A. Sobirjonov, R. Yo'ldoshev, SH. Ne'matov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com