O'zbekiston MTJning noyabr oyidagi yig'in uchun taxminiy tarkibi

Tolibjon Qosimov
4 noya 2024, 17:03
Xabaringiz bor, O'zbekiston MTJ noyabr oyida JCH-2026 saralashi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.

Har ikkala uchrashuvni ham safarda o'tkazamiz. Dastlab 5-tur doirasida 14 noyabr kuni Qatar mehmoni bo'lsak, 19 noyabr kuni 6-tur doirasida KXDR bilan bellashamiz.

"Championat.asia" sayti terma jamoamizning noyabr oyidagi yig'in uchun taxminiy tarkibini taqdim etadi.

O'zbekiston MTJning noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun taxminiy tarkibi:

Darvozabonlar: O'tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Abduvohid Ne'matov;

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullaev;

Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov, Aziz Turg'unboev, Akmal Mozgovoy, Odiljon Hamrobekov, Abdulla Abdullaev, Otabek Shukurov, Abdurauf Bo'riev;

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Bobir Abdixoliqov, Jaloliddin Masharipov, Xojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullaev, Oston O'runov.

O'zbekiston MTJ qachon yig'in boshlaydi?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia