O'zbekiston MTJ futbolchilariga ko'rsatilgan sariq kartochkalar bekor qilindi

Tolibjon Qosimov
21 avg 2024, 17:51
FIFA tartib-intizom qo'mitasi 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichidagi dastlabki tur uchrashuvlarini o'tkazib yuboruvchi futbolchi va rasmiylar nomiga aniqlik kiritdi.

Shuningdek, avvalgi bosqichdagi sariq kartochkalar (faqatgina 1 ta sariq kartochka bo'lsa) bekor qilinishini ma'lum qildi.

Qayd etish kerak, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida futbolchi hamda rasmiylarga ko'rsatilgan sariq kartochkalar bekor qilindi.

Eslatib o'tamiz, 5 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi o'yin bilan 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, bu haqda 28 iyun kuni saytimizda terma jamoa menejeri Sherzod Igamberdiev bilan uyushtirilgan suhbatda ham aytib o'tilgan edi.

O'zbekiston terma jamoasi menejeri Sherzod Igamberdiev: "KXDR terma jamoasi uy uchrashuvlarini qayerda o'tkazishi noma'lum. OFK ikkinchi bosqichdagi sariq kartochkalarni bekor qilish arizasi bilan FIFAga murojaat qildi"

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати