

Terma jamoa delegaciya rahbari Asqar Tolibjonov boshchiligida Bahraynga charter reys orqali soat 09:30da uchib ketadi. Ma'lumot uchun, kecha Toshkentga uch nafar legionerimiz Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Sanjar Tursunov ham yetib kelishdi, biroq mashg'ulotlarda qatnashishmadi.
Denisov jarohati tuzalmaganligi tufayli Bahraynga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Shu bois u safarga bormaydigan bo'ldi. Uning o'rnini Vohid Shodiev to'ldirdi.
Bugun va ertaga Manamada bo'ladigan mashg'ulotlarda jamoamiz to'liq tarkib bilan shug'ullanadi. Samvel Babayan bu o'yinga quyidagi futbolchilarni olib ketadi:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov "Paxtakor", Eldor Suyunov "Nasaf", Ignatiy Nesterov "Lokomotiv".
Himoyachilar: Davron Hoshimov "Paxtakor", Egor Krimec "Paxtakor", Anzur Ismoilov "Chanchun Yatai" (Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv", Shavkat Mullajonov "Lokomotiv", Shuhrat Muhammadiev "Nasaf"
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov "Krasnodar" (Rossiya), Server Jeparov "Ulsan Xyunday" (J.Koreya), Aziz Haydarov "Al Shabab" (BAA), Fozil Musaev "Sepaxon" (Eron), Sardor Rashidov "Al Jayish" (Qatar), Sanjar Tursunov "Vorskla" (Ukraina), Stanislav Andreev "Paxtakor", Javohir Sohibov "Paxtakor", Jasur Hasanov "Lokomotiv", Sanjar Shoahmedov "Lokomotiv".
Hujumchilar: Marat Bikmaev "Lokomotiv", Igor Sergeev "Paxtakor", Eldor Shomurodov "Bunyodkor", Vohid Shodiev "Bunyodkor".
Eslatib o'tamiz, Bahrayn - O'zbekiston uchrashuvi 8 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



