O'zbekiston MTJ a'zosi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin

Khoja
23 iyul 2025, 09:32
O'zbekiston MTJ a'zosi Azizbek Turg'unboev faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.

Championat.asia muxbiri Sherzod Nurmatovning ma'lum qilishicha, futbolchi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin. 

Avvalroq "Sivasspor" bilan xayrlashgan yarim himoyachiga "Neftchi" va "Paxtakor" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Turg'unboev so'nggi bir yarim yilni Turkiyada o'tkazdi. Uning "Sivasspor" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlangandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia