

Ushbu uchrashuv 2016 yilning 9 fevralida Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. O'FF fevral oyida BAAda yig'in o'tkazishga qaror qildi. Moldova esa birgina O'zbekiston bilan o'yin BAAga borishni istamadi va bahs bekor qilindi.Moldova futbol Federatsiyasi vice-prezidenti Ion Testemicanu bu haqda o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- Biz 9 fevral kuni O'zbekiston bilan o'ynamoqchi edik. Ruminiya bilan 4 yoki 5 fevral kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi bo'ldik. Uchrashuvlar Antaliya shahrida o'tkazilishi kerak edi. O'FF yig'inni BAAda o'tkazishga qaror qildi. Bizning Federatsiyada BAAga bitta o'rtoqlik uchrashuvi uchun borish uchun pul yo'q, - deydi Testemicanu moldliga.com saytiga.



