O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'iz Respublikasiga qarshi oq libosda o'ynaydi

Alisher
19 mar 2025, 12:27
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralashi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Futbolchilarimiz mazkur bahsda to'liq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати