O'zbekiston kubogi: Bugun Samarqandda final oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Aziz Tukhtamuradov
3 dek 2021, 09:00
Bugun O'zbekiston Coca-Cola O'zbekiston kubogi finali oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.

Soat 17:00 dan boshlab OAV vakillarini Samarqand shahridagi Alexander mehmonxonasiga taklif etamiz. 

O'yinoldi matbuot anjumanida Paxtakor bosh murabbiyi Piter Xyuistra jamoa yetakchilari Hojimat Erkinov va Dostonbek Hamdamov hamroxligida qatnashadi. 

Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga esa jamoaning asosiy futbolchilaridan Husain Norchaev va Oybek Bozorov hamroxlik qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ПФЛ