O'zbekiston Kubogi-2013: Finaldan oldingi matbuot anjumani 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 11:25
Bunyodkor hamda Nasaf jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi - 2013 final uchrashuvidan o'yindan oldingi matbuot anjumani 24 sentyabr, seshanba kuni O'FF matbuot anjumani zalida soat 12:00da boshlanadi.
25 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida O'zbekiston Kubogi - 2013 yilgi mavsum final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu mavsum final bahsida huddi o'tgan mavsumdagi kabi Qarshining Nasaf hamda Toshkentning Bunyodkor klublari o'zaro kuch sinashadilar.

Ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani 24 sentyabr, seshanba kuni O'FF matbuot anjumani zalida o'tkaziladi. Soat 12:00da boshlanadigan matbuot anjumanida dastlab Toshkentning Bunyodkor klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov OAV hodimlarining savollariga javob bersa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida Qarshining Nasaf klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, tashlangan qur'aga ko'ra Qarshining Nasaf klubi O'zbekiston Kubogi finalining rasmiy mezboni sifatida qayd etilgan bo'lsa, Bunyodkor jamoasi mehmon jamoa sifatida qatnashadi. O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi 25 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 18:00ga belgilangan.


Finalda kim g'olib chiqadi? Forumda muhokama qiling

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz