

Vakillarimiz Suriya va Avstraliya bilan avvalgi yillarda bir necha bor to'qnash kelgan bo'lsa, Hindiston bilan yaqin yillar ichida o'ynamaganimiz ko'pchilikni qiziqtirib qo'ydi. Rostdan ham bu ikki terma jamoaning oxirgi qarama-qarshiligiga ancha yillar bo'libdi.
"Oq bo'rilar" Hindiston bilan so'nggi bor 2001 yil "Merdeka" kubogida uchrashgan. O'sha paytda Vladimir Salkov boshchiligidagi terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Gollarga Baxtiyor Hamidullaev va Anvar Berdiev mualliflik qilishgan.
Hindsiton – O'zbekiston 1:2
Gollar: Vijayan Invalappil Mani 45 – Baxtiyor Hamidullaev 19, Anvar Berdiev 33.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Oleg Sobirov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev (Bahodir Seytkamolov, 46), Andrey Vlasichev, Aleksandr Xvostunov, Bahodir Annamatov, Fevzi Davletov, Anvar Berdiev, Anvar Soliev, Baxtiyor Hamidullaev (Nematulla Quttiboev, 70)



