O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogidan oldingi oxirgi yig'inini boshladi

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026, 11:21
O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi-2026 musobaqasiga so'nggi tayyorgarlik jarayoni boshlandi.

Bugundan e'tiboran milliy terma jamoa O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida o'quv-yig'inga kirishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev mazkur yig'in uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi. Yig'in davomida Kuvayt milliy terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Tomonlarning o'zaro kelishuviga muvofiq, ushbu o'yinlar yopiq tarzda o'tkaziladi.

Nazorat uchrashuvlaridan so'ng Osiyo Kubogiga jo'nab ketadigan milliy terma jamoaning 14 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibi e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi qita chempionatining tartib raqami bo'yicha 18-si hisoblanadi. Faqatgina to'rtta jamoa - Eron, O'zbekiston, Yaponiya va Tailand terma jamoalari Osiyo Kubogining barcha musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.

Bu galgi Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi final bosqichini "C" guruhida boshlaydi. Raqiblar - Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston.

Musobaqa o'yinlari 27 yanvardan 7 fevralga qadar bo'lib o'tadi.

"C" guruhi o'yinlari taqvimi

•  28 yanvar, chorshanba | 17:00

O'zbekiston - Tojikiston

•  30 yanvar, juma | 13:00

Avstraliya - O'zbekiston

•  1 fevral, yakshanba | 13:00

Yaponiya - O'zbekiston

O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi

Darvozabonlar:

•  Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)

•  Abbos Elmurodov (BMB)

•  Abbos O'lmasbekov (“BMB”)

Himoyachilar:

•  Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)

•  Mashrab Odilov (“BMB”)

•  Shahzod Sadiev (“BMB”)

•  Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”)

•  Anasxon Rahmatov (“Nasaf”)

Qanot o'yinchilari:

•  Muhammadali Husanboev (“BMB”)

•  Shaxram Faxriddinov (OKMK)

•  Xayrulla Solixov (OKMK)

•  Samariddin Berkinov (“Oil Star”)

•  Abror Axmedzyanov (SQB)

•  Akbar Usmonov (SQB)

•  Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)

•  Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)

•  Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

•  Muzaffar Ahadjonov (“BMB”)

•  Davlat Ibragimov (“BMB”)

•  Elbek To'lqinov (“Oil Star”)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси