O'zbekiston - Fransiya. Jamoalarning musobaqadagi statistikasi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2013, 17:12
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Fransiya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadigan o'yindan oldin bu ikki jamoaning musobaqada qayd etgan statistikasiga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. 

Ikkala jamoa 4tadan o'yin o'tkazdi. Fransiya 9ta gol urdi va 5ta gol o'tkazib yubordi. O'zbekiston esa 7ta to'p kiritdi va 6ta o'tkazib yubordi.

Francuzlar o'tgan o'yinlar davomida jami 58ta zarba berishdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 14,5 tadan zarba degani. Raqiblar esa 48 marta Fransiya darvozasiga tomon zarba yo'llashgan. O'zbekistonda bu ko'rsatkich biroz pastroq. Vakillarimiz 48ta zarba berishgan (o'rtacha 12tadan), raqiblar 36 marta darvoza tomon to'pni tepishgan.

Aniq zarbalar bo'yicha deyarli tenglik: Fransiya - 30ta, O'zbekiston - 28ta. Raqiblar francuzlar darvozasiga 27ta aniq zarba berishgan. Asilbek Omonov qo'riqlayotgan darvozaga esa 4ta o'yinda jami 13ta aniq zarba borgan.

Burchak to'plarini O'zbekiston ko'proq amalga oshirgan - 18-16. Qoidani buzish bo'yicha Fransiya "yetakchi" 72-69. Bo'lib o'tgan to'rtta o'yinda Fransiyalar futbolchilar jami 8 marta o'yindan tashqari holatga tushib qolishgan. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 3 taga teng.

Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia