O'zbekiston BAAga qarshi ko'k libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024
O'zbekiston - BAA o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Vakillarimiz mazkur bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати