"Mashal" klubida katta o'zgarishlar kutilmoqda

Оқил Абдубарноев
12 iyul 2026, 17:45
Muborakning "Mashal" klubida yaqin kunlarda muhim va tub o'zgarishlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi.

Mazkur qaror jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bilan bevosita bog'liq. Ortda qolgan 11-tur yakunlariga ko'ra "Mashal" jamoasi birorta ham ochko jamg'ara olmagan holda (0 ochko) musobaqa jadvalining so'nggi, 16-pog'onasini band etib turibdi. Jamoa o'tkazilgan 11 ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchragan bo'lib, to'plar nisbati 4:21 ga teng.

Yuzaga kelgan inqirozli vaziyatdan chiqish va klub faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida rahbariyat tarkibida, murabbiylar shtabida hamda jamoa safida jiddiy yangilanishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yozgi transfer oynasi davrida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolanishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати