Superliga. "Xorazm" – "So'g'diyona" uchrashuvida hisob ochilmadi

Оқил Абдубарноев
10 sen 2026, 21:50
Superliga 21-turidan joy egallagan o'yin yakunlandi.

Superliga

21-tur

“Xorazm” – “So'g'diyona” 0:0

Bosh hakam: Jasur Muxtorov

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Zokir Qodirov

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Vladimir Nazarov

“Xorazm”: 77.Umidjon Ergashev, 8.Nodir Abduxoliqov (5.Abbos Otaxonov, 71), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Danil Nugumanov (7.Temur Ismailov, 80), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umid Sultonov (13.Elzio Lohan, 46), 90.Ulug'bek Hoshimov, 94.Rustam Abduhamidov (9.Sardorbek Azimov, 71), 96.Rafael Sabino.

Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 11.Danila Ejov, 12.Maksim Shiryaev, 88.Abror Xo'sinov.

“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev (10.Javohir Qahramonov, 56), 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 6.Behruzbek Asqarov (5.Ametxan Adjisaliev, 74), 7.Petar Michin (32.Nodirjon Soyibov, 56), 8.Jamshid Boltaboev, 9.Zenan Zaymovich (50.Shohruz Kamolov, 56), 13.Filip Ivanovich, 19.Zabihillo O'rinboev (28.Samandarjon Mavlonqulov, 56), 22.Abdulazizxon Abdurashidov.

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 18.Igor Golban, 77.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Zoir Jo'raboev (11), Abdulazizxon Abdurashidov (59), Danil Nugumanov (78)

🏁 Uchrashuv yakunlandi. “Xorazm” va “So'g'diyona” o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi - 0:0.

🔥 90+5-daqiqa. Xavfli vaziyat! Temur Ismailov jarima maydonida bosh bilan zarba berdi, to'p to'singa tegib qaytdi.

🔥 90+1-daqiqa. “Xorazm” burchak to'pini amalga oshirdi. Sunnatulloh Hamidjonov bosh bilan zarba berdi, ammo to'p biroz noaniq ketdi.

⏱️ 90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

🔥 88-daqiqa. Xavfli vaziyat! Elzio Lohanning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

86-daqiqa. Ulug'bek Hoshimov jarima maydonidan zarba berdi, ammo zarba kuchsiz chiqdi. Milan Mitrovich to'pni ishonchli egalladi.

🔄 80-daqiqa. “Xorazm” tarkibida o'zgarish: Danil Nugumanov o'rniga Temur Ismailov maydonga tushdi.

79-daqiqa. Filip Ivanovich jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🟨 78-daqiqa. Danil Nugumanov raqibini yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.

76-daqiqa. Diyor Ortiqboev jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🔄 74-daqiqa. “So'g'diyona” tarkibida o'zgarish: Behruzbek Asqarov o'rniga Ametxan Adjisaliev maydonga tushdi.

🔄 71-daqiqa. “Xorazm” tarkibida ikki o'zgarish: Rustam Abduhamidov o'rniga Sardorbek Azimov, Nodir Abduxoliqov o'rniga Abbos Otaxonov maydonga tushdi.

🟨 59-daqiqa. Abdulazizxon Abdurashidov Azizbek Pirmuhammadovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.

🔄 56-daqiqa. “So'g'diyona” tarkibida bir yo'la to'rtta o'zgarish amalga oshirildi: Zenan Zaymovich o'rniga Shohruz Kamolov, Petar Michin o'rniga Nodirjon Soyibov, Zoir Jo'raboev o'rniga Javohir Qahramonov, Zabihillo O'rinboev o'rniga Samandarjon Mavlonqulov maydonga tushdi.

53-daqiqa. “Xorazm”ning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi.

🔄 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Xorazm” tarkibida o'zgarish: Umid Sultonov o'rniga Elzio Lohan maydonga tushdi.

⏸️ Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga golsiz durang bilan yo'l olishdi - 0:0.

45+2-daqiqa. Umid Sultonov jarima zarbasini amalga oshirdi, Milan Mitrovich to'pni ishonchli ushlab oldi.

⏱️ 45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

🔥 40-daqiqa. Xavfli vaziyat! Ulug'bek Hoshimov jarima maydoni ichida o'tkir burchak ostida chap oyoqda zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

🔥 36-daqiqa. Xavfli vaziyat! Rustam Abduhamidov o'ng qanotdan jarima maydoniga to'p uzatdi. Umid Sultonov bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

🧤 35-daqiqa. “So'g'diyona” hujumi Petar Michinning zarbasi bilan yakunlandi. Umidjon Ergashev to'pni qaytarib, darvozasini goldan saqladi.

🧤 27-daqiqa. “Xorazm” futbolchisining chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasi darvoza tomon yo'naldi. Milan Mitrovich to'pni qaytardi.

20-daqiqa. “Xorazm” burchak to'pini amalga oshirdi, ammo “So'g'diyona” himoyachilari to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirishdi.

16-daqiqa. “So'g'diyona” “Xorazm” jarima maydonida xavfli vaziyat yaratdi, ammo hujumni zarba bilan yakunlay olmadi.

🟨 11-daqiqa. Zoir Jo'raboev Sunnatulloh Hamidjonovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. “Xorazm” futbolchilari ko'k, “So'g'diyona” esa qora-oq liboslarda harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia