

Bahrom Norsafarov shogirdlari Tokio-2020 olimpiadasining saralashiga tayyorgarlik olib borishmoqda. Xabaringiz bor, shu yilning 1-9 aprel kunlari Toshkentda saralash bahslarining 2-bosqichi bo'lib o'tadi.
O'quv mashg'ushlot yig'iniga quyidagi futbolchilar jalb qilingan:
Darvozabonlar:
Jonimqulova Maftuna Sevinch
Boymatova Gulandon Metallurg-W
Tilalova Laylo Sevinch
Himoyachilar:
Nazarova Zumratjon Bunyodkor-W
Husnitdinova Soliha Bunyodkor-W
Bektemirova Dilnoza Bunyodkor-W
Boboxo'jaeva Feruza Sevinch
Shoyimova Maftuna Sevinch
Zarbieva Tanzilya Sevinch
Qo'chqorova O'g'iloy Sevinch
Yarim himoyachilar:
Galimova Saida Bunyodkor-W
Nazimova Dildora Metallurg-W
Zoirova Umida Bunyodkor-W
Turdiboeva Feruza Bunyodkor-W
Bahromova Fazilat Metallurg-W
Safina Rushaniya Sevinch
Burhonova Malika Sevinch
Panjieva Maftuna Sevinch
Zaripova Kamila AGMK-W
Hujumchilar:
Qudratova Nilufar Sevinch
Dadajonova Nilufar Andijanka-W
Karachik Lyudmila Bunyodkor-W
Habibullaeva Diyora So'g'diyona-W
Yig'in 31 martga qadar davom etadi. 1 apreldan O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Olimpiada saralashining 2-bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz "B" guruhida Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.



