O'tgan hafta qahramonlari FOTO

Narzulla Saydullayev
2 noya 2015, 14:47
Shanba va yakshanba kunlari Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Biz o'yinlarda qahramon bo'lgan futbolchilarni yodingizga solamiz.


"Everton" - "Sanderlend" 6:2
Qahramon:
O'yinda 3ta gol urib bitta golli pas bergan Aruna Kone odatga ko'ra to'pni "uxlatdi"


"Vest Bromvich" - "Lester" 2:3
Qahramon:
Mehmonlar yarim himoyachisi Riyad Mahrez dublga erishdi


"Uotford" - "Vest Xem" 2:0
Qahramon:
Odion Igalo Slaven Bilich jamoasi darvozasiga ikkita gol urdi


"Chelsi" - "Liverpul" 1:3
Qahramon:
Ikkita qoyilmaqom to'p kiritgan Filipe Koutino qahramonga aylandi


"Verder" - "Borussiya D" 1:3
Qahramon
: Marko Roys dublga erishib Dortmund klubiga g'alaba keltirdi


"Augsburg" - "Maync" 3:3
Qahramon:
Mehmonlarning yaponiyalik hujumchisi Yoshinori Muto xet-trikka erishdi. U ham yangi to'plik bo'ldi)


"Betis" - "Atletik" 1:3
Qahramon:
Iniaki Uilyams mezbonlar darvozasiga ikkita gol urdi


"Real Sosedad" - "Selta" 2:3
Qahramon:
Yago Aspas ikkita gol urdi, jamoasi 3 ochkoga ega bo'ldi


"Xetafe" - "Barselona" 0:2
Qahramon:
Serxi Roberto Neymar va Suares urgan gollarga hammualliflik qildi


"Lacio" - "Milan" 1:3
Qahramon:
Milanliklar yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura ikkita golga pas oshirdi


"Yuventus" - "Torino" 2:1
Qahramon:
Xuan Kuadrado pas berdi va so'nggi daqiqada g'alaba to'pini kiritdi


"Ayaks" - "Roda" 6:0
Qahramonlar
: Arkadiush Milik ushbu o'yinda ikkita gol urdi va ikkita pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia