Javohir Qahramonov: "Durangdan qoniqish hosil qildik"

Iskandarov Abdulaziz
13 mar 2026
"So'g'diyona" jamoasi Superliga 3-turida OKMK bilan kuch sinashdi (2:2).

O'yindan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Javohir Qahramonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qiyin o'yin bo'lishini bilar edik. Bizga uch ochko suv va havodek zarur bo'lib turgandi. Oxirgi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qolganimizni hisobga olsak, durangdan qoniqdik. 

1-0 hisobini saqlab qolishga harakat qildik. Lekin buning uddasidan chiqqanimiz yo'q. 1-2 dan so'ng javob qaytarishga harakat qildik. 3 ta o'yinda 1 ochko signal. Lekin bu - futbol. Keyingi turlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

Startdagi muvaffaqiyatsizlik tarkibimizdagi jarohatlar bilan bog'liq. Keyingi o'yinda to'liq tarkibda bo'lamiz. O'ylaymanki, hammasi yaxshi kechadi", - deydi Javohir Qahramonov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia