Osiyoning yana ikkita chempionatida VAR tizimi ishga tushiriladi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2018, 12:39
Rossiyadagi jahon chempionatida videoassistent tizimi (VAR)dan foydalanilgandan so'ng, ko'plab chempionatlarda VAR qo'llanila boshlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni va BAAda ham ushbu tizim ishlatiladi. O'tgan haftada boshlangan ushbu mamlakat chempionatlarining navbatdagi turida VAR tizimi sinovdan o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Osiyoning ikkita chempionatida VAR tizimidan foydalaniladi. Xitoy va Janubiy Koreya chempionatlarida bosh hakamlar ushbu tizimga murojaat qilishlari mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TheIFAB