Osiyoda bizni kutayotgan o'rtoqlik o'yinlari

Xayrulla Xoliqov
5 sen 2018, 14:59
Osiyo Kubogi startiga 121 kun qoldi. Buyog'iga tayyorgarlik yanada jiddiy tus oladi. Aksar jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishadi.

Xabaringiz bor, kelasi yilning yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi tarixida birinchi marta 24ta terma jamoa qatnashadi. Shu o'rinda guruhlarni yana bir karra yodga olib o'tsak.
"A" - BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn.
"V" - Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya.
"S" - J.Koreya, Xitoy, Qirg'iziston, Filippin.
"D" - Eron, Iroq, Vetnam, Yaman.
"E" - S.Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR.
"F" - Yaponiya, O'zbekiston, Ummon, Turkmaniston.

Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Avstraliya hozircha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydi. Bu jamoa Antaliyada o'quv-mashg'ulot tashkil qilish bilan cheklanadi. Yaponiya o'z maydonida Chili bilan kuch sinashadi. Janubiy Koreya yangi bosh murabbiy Paulu Bentu qo'l ostida ilk uchrashuvini o'tkazadi. O'zbekiston terma jamoasi esa ertaga "Milliy" stadionda Suriyaga qarshi maydonga chiqadi.

Quyida shu hafta ichida Osiyo terma jamoalari o'tkazadigan o'rtoqlik o'yinlarini keltirib o'tamiz.

6 sentyabr
BAA - Trinidad va Tobago
O'zbekiston - Suriya
Qirg'iziston - Falastin
Iordaniya - Livan
Bahrayn - Filippin

7 sentyabr
J.Koreya - Kosta-Rika
Yaponiya - Chili
Qatar - Xitoy
S.Arabistoni - Boliviya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia