Yaqinda Eron termasi ustozi Karlush Keyrush bilan tuzilgan shartnoma yangilandi. Shartlarga ko'ra portugaliyalik murabbiy 2018 yilgi jahon chempionatining oxiriga qadar forslarni boshqarishda davom etadi. O'zaro shartnomaning to'liq shartlari 1 avgust kuni ma'lum bo'ladi.
Bu haqda Karlush Keyrush shunday dedi: “Eron futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldik. Menga bu yerda ishlash yoqyapti va terma jamoani boshqarishda davom etmoqchiman”.
Portugaliyalik murabbiy boshchiligida eronliklar jahon chempionatida ishtirok etib, Nigeriya bilan 0:0 o'ynashdi hamda Argentinaga 0:1, Bosniyaga esa 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Endi forslarning bor e'tibori kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga qaratiladi. Terma jamoa oldiga qo'yilgan maqsad – musobaqada g'olib chiqish. Eron termasi “S” guruhida BAA, Bahrayn va Qatarga qarshi bahs olib boradi.