

Yaponiya termasining eng qimmat futbolchisi Kubo hisoblanadi. Uning Transfermarkt.world saytidagi narxi 60 million evro etib belgilangan. O'zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi esa Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. 20 yoshli futbolchimizning narxi 4 million evro etib belgilangan. Agarda Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok eta olsa, unda hujumchimiz 5 million evro bilan eng qimmat futbolchiga aylanadi.
Osiyo kubogi-2023 terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari:
Yaponiya - Takefusa Kubo 60 million evro
Koreya Respublikasi - Kim Min Dje 60 million evro
Eron - Mexdi Taremi 12 million evro
Avstraliya - Xarri Suttar 12 million evro
BAA - Ali Mabxut 2,5 million evro
O'zbekiston - Abbos Fayzullaev 4 million evro
Saudiya Arabistoni - Firas al-Buraykan 4 million evro
Suriya - Omar Xrbin 4.5 million evro
Qatar - Akram Afif 4,5 million evro
Iordaniya - Musa Al-Tamari 6 million evro
Iroq - Danilo Al-Saed 1,5 million evro
Xitoy - U Ley 1,5 million evro
Bahrayn - Ali Madan 2 million evro
Tailand - Supxanat Mueanta 800 ming evro
Indoneziya - Sendi Uolsh 1,5 million evro
O'mon - Jamil Al-Yaxmadi 450 ming evro
Livan - Daniel Lajud 1 million evro
Tojikiston - Rustam Yatimov 900 ming evro
Malayziya - Arif Ayman 550 ming evro
Hindiston - Lalliansuala Chxangte 350 ming evro
Falastin - Oday Dabbag 1,5 million evro
Vetnam - Filip Nguen 600 ming evro
Qirg'iz Respublikasi - Beknaz Almazbekov 450 ming evro
Gonkong - Everton Kamargo 450 ming evro



