Osiyo Kubogi-2019. So'nggi saralash bosqichiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2017, 17:51
Bugun 2019 yilgi Osiyo Kubogining so'nggi saralash bosqichga qur'a tashlandi.

6ta guruhda 4tadan jamoa jami 12ta yo'llanma uchun kurash olib boradi. Yani guruhlarda dastlabki ikki o'rinni band etgan klublar qita chempionati final bosqichiga chiqadi.

"A" guruhi: Qirg'iziston, Hindiston, Myanmar, Makao
"B" guruhi: KXDR, Gongkong, Livan, Malayziya
"C" guruhi: Iordaniya, Vetnam, Afg'oniston, Kambodja
"D" guruhi: Ummon, Falastin, Maldiv orollari, Butan
"E" guruhi: Bahrayn, Turkmaniston, Xitoy Taypei, Singapur
"F" guruhi: Filippin, Tojikiston, Yaman, Nepal

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichida 24ta jamoa ishtirok etadi. Quyidagi 12ta jamoa yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Suriya, Iroq, Eron va Xitoy.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia