Osimxen: "Napoli"ga ikkita golim bilan yordam berganimdan xursandman"

Alisher
17 sen 2021, 16:54
"Napoli" forvardi Viktor Osimxen Yevropa Ligasi doirasidagi "Lester" (2:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Jamoaga ikkita golim bilan yordam berganimdan baxtliman, ammo asosiysi, biz jamoa bilan o'ynaymiz va ikkita gol farqini yo'qqa chiqara oldik, shuningdek Yevropa Ligasi startida ochko oldik", - deydi Osimxen.

"Lester" Yevropa Ligasida keyingi turda "Legiya" bilan, "Napoli" esa "Spartak" bilan o'ynaydi.

Bahslar 30 sentyabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com