"Osasuna" - "Real" uchrashuvi qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
7 yanv 2021
Ispaniya chempionati 18-turi doirasidagi "Osasuna" - "Real" uchrashuvi qoldirilishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, Ispaniya shimolidagi "Filomena" bo'roni hududlarda qattiq sovuq va qorli ob-xavoni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, ushbu mintaqadagi deyarli barcha o'yinlar bekor qilinishi kutilmoqda.

"Osasuna" - "Real" uchrashuvi 9 yanvar kuni o'tkazilishi kerak.

17 turdan keyin "Real" LaLiga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Osasuna" esa 19-pog'onada joylashgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca