O'runov ertaga "Spartak"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va yiliga 600 ming evro maosh oladi

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 17:57
"Spartak" kelasi haftada Oston O'runovning transferini amalga oshiradi.

Bu haqda jurnalist, insayder Nobel Arustamyan ma'lumot berdi.

"Oston O'runov ertaga "Spartak"ning tibbiy ko'rigidan o'tadi. Klub uni sotib olishi aniq bo'lib ulgurgan.

Hozirda Shamil Gazizov futbolchi sotishni o'ylamoqda. Oston "Spartak"da kimningdir o'rnini egallashi va qaysidir futbolchi joyini bo'shatishi kerak", - deb yozadi Arustamyan.

Yana bir insayder Sergey Egorov esa "Spartak" O'runovga yiliga 600 ming evro maosh to'lashini ma'lum qildi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Match TV