O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston U-20 - Xitoy U-20 1:1

Aslanov Jasurbek
9 fev 2026
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida mezbonlarga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Chjaocin" sport markazida bo'lib o'tgan mazkur bahsda vakillarimiz durang natija qayd etishdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda xitoyliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Nazorat bahsi

Xitoy U-20 - O'zbekiston U-20 - 1:1

O'zbekiston U-20 asosiy tarkibi: Ibrohim Shokirov, 3. Ozodbek Odiljonov, 4. Muhammadali Musaxonov, 6. Behruz Erkinov, 9. Nurbek Sarsenbaev, 10. Sirojiddin Jumadillaev, 11. Ulug'bek Maratov, 14. Behruz Abdusattarov, 16. Azizbek Erimbetov, 17. Kuvanishbek Saydaliev (S), 19. Muhammadali Dilshodbekov.

Zaxiradagilar: Nematulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Abdulfayz Bobomurodov, Mo'minxon Bahodirxonov, Davron To'laganov, Sayfiddin Sodiqov, Ozodbek Najmiddinov, Shohjahon Abdumannobov, Alishan Abutalipov, Diyorbek Tojiev, Abdulvosid Soliev, Abdulvoris Hojimurodov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz