

Bu safargi o'rtoqlik o'yinida Samarqand klubi Ruminiyaning "Chiksereda" jamoasiga qarshi saf tortdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Temur Ismoilov hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo'limda esa bosh murabbiy Predrag Rogan tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. O'yinning 55-daqiqasiga kelib Ruminiya klubi hisobni tenglashtirdi – 1:1. Shunday qilib, uchrashuv shu hisobda yakunlandi.
"Dinamo" – "Chiksereda" 1:1
Side, Turkiya
Gollar: Temur Ismoilov 25
"Dinamo": Miloe Prekovich, Jo'rabek Mannonov, Mixaylo Yovanovich, Saydullo Rahmatov, Shokir Yo'ldoshev, Muzaffar Muzaffarov, Evgeniy Chumak, Temur Ismoilov, Oybek Nurmatov, Shohmalik Komilov, Sahob Rashidov.








