Omadsizlik... Fabregas "Chelsi"dagi so'nggi o'yinida penaltidan gol ura olmadi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2019, 20:56
"Chelsi" ayni damda Angliya kubogi doirasida "Nottingem Forest"ni qabul qilmoqda.

Uchrashuvda hozircha tanaffus. Hisob ochilmagan.

Bahsning 30-daqiqasida ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas penaltini aniq amalga oshira olmadi. 31 yoshli futbolchi jamoa sardori bo'lib maydonga tushgan.

Oldinroq ushbu bahs Sesk uchun "Chelsi"dagi so'nggisi bo'lishi aytilgandi. Futbolchi shundan keyin "Monako" a'zosiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia