Oltita mamlakat mezbonlik qiladigan JCH-2030 musobaqasining finali qaysi stadionda bo'lishi ma'lum

Khoja
4 iyul 2024, 08:52
Xabaringiz bor, 2030 yili bo'lib o'tadigan JCHga jami 6 ta mamlakat Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Urugvay, Argentina va Paragvay mezbonlik qiladi.

Hal qiluvchi o'yin rekonstrukciyadan so'ng 85 000 tomoshabinni bag'riga sig'dira oladigan "Real"ning uy stadioni "Santyago Bernabeu"da o'tkaziladi. Bu haqida Marca nashri ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2030ning asosiy mezbonlari Marokash, Ispaniya va Portugaliya hisoblanadi. Shuningdek, yana uchta uchrashuv Lotin Amerika mamlakatlari hududida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com