"Oltin to'p"ga da'vogarlarning yangilangan reytingi e'lon qilindi. Kim favorit?

Sherzod Nurmatov
22 may 2025, 12:46
"Oddschecker" tahliliy xizmati ma'lumotlariga ko'ra, PSJ vingeri Usmon Dembele "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar hisoblanadi.

Fransiyalik futbolchining so'rovnomada g'alaba qozonish ehtimoli – 40%.

Ikkinchi o'rinda "Barselona" vingeri Lamin Yamal. Yosh ispaniyalikning g'alaba qozonish imkoniyati – 33% ni tashkil etmoqda.

Keyingi o'rinlarda Yamalning jamoadoshi Rafinya va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh qayd etilgan. Ikkala o'yinchining muvaffaqiyat darajasi 10% ga baholanmoqda.

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Oltin to'p"ga da'vogarlar beshligini yakunladi. Uning ovoz berishda g'alaba qozonish ehtimoli – 9%.

Dembele 31 may kuni Chempionlar Ligasi finalida Martinesga qarshi maydonga tushadi. Parijliklar mavsumning asosiy o'yiniga to'liq tarkib bilan yo'l oladi.

Avvalroq "Oltin to'p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Oddschecker