

Ehtimoliy xaridorlar yaqin orada braziliyalikni yana ko'ndirishga harakat qilishadi, biroq futbolchi ketish niyatida emas.

U "qirollik klubi"da baxtli va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish orzusini amalga oshirish niyatida.
Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Vinisius Juniorning narxini 180 mln evroga baholamoqda. 24 yoshli hujumchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.



