"Olmaliq"da bolgariyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2014, 12:00
29 yanvardan Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa yana Toshkentda yig'ildi.
Kuni kecha jamoa yig'iniga bolgariyalik 26 yoshli himoyachi Martin Kavdanski qo'shildi. Bu haqda axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.

Ushbu futbolchi Bolgariyaning "Chernomorec" klubidan taklif etildi. Kavdanski mazkur jamoada yarim mavsumda 13ta uchrashuvda qatnashib 1ta gol urdi.

Agar u Igor Shkvirin ko'rigidan o'ta olsa yurtimizda o'ynagan birinchi bolgariyalik futbolchi bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia