"Olmaliq" mashg'ulotlarida rossiyalik legioner qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
21 dek 2015, 10:42
17 dekabrdan boshlangan mashg'ulotlar Olmaliq shahrida davom etmoqda.
Jamoa mashg'ulotlarida bir qator futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Olmaliqlik muxlislarga yaxshi tanish yarim himoyachi Doston Abdurahmonov ("Qizilqum", Navoiy), darvozabon Roman Abdulov ("Sho'rtan", G'uzor) yana jamoamiz sharafini himoya etishi mumkin. Bundan tashqari himoyachilar Artyom Filiposyan ("Dinamo", Samarqand), Azamat Abdullaev ("Zomin"), Abbos Po'latov ("NBU-Osiyo", Toshkent), Evgeniy Kochnev ("Buxoro"), Robert Jilin (Rossiya), yarim himoyachilar Murod Rajabov ("Sho'rtan", G'uzor), Doston Toshmatov ("Zomin"), Doniyor Inomov ("Navbahor", Namangan), Farrux Axunov, hujumchi Ro'zimboy Ahmedov ("Neftchi", Farg'ona)lar dastlabki yig'inga chaqirilgan. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan OKMK sport majmuasi sun'iy qoplamali maydonida olib borilmoqda.

Rejaga ko'ra birinchi yig'in 28 dekabrda amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazish orqali yakunlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz