Oliy liga-2015. Yubiley 500-golni kim uradi?

Narzulla Saydullayev
27 sen 2015, 17:00
Kecha oliy liganing 23-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Bugunga qadar oliy ligada 184ta o'yin bo'lib o'tdi va jami 499ta gol urildi.

Demak 24-turdagi birinchi gol mavsumdagi yubiley 500-gol bo'ladi. Ma'lumot uchun, bu yilgi mavsumda ilk golni "Olmaliq" yarim himoyachisi Zohir Pirimov "Paxtakor" bilan o'yinda urgandi.

24-tur. 30 sentyabr (chorshanba)
Metallurg (Bekobod) – Nasaf (Qarshi)
Neftchi (Farg'ona) – Paxtakor (Toshkent)
Mashal (Muborak) – Bunyodkor (Toshkent)
Lokomotiv (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq)
 
1 oktyabr (payshanba)
Navbahor (Namangan) – Andijon (Andijon)
So'g'diyona (Jizzax) – Dinamo (Samarqand)
Sho'rtan (G'uzor) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Qizilqum (Navoiy) – Buxoro (Buxoro)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia