"Olimpik" U-21 - "Nasaf" U-21 o'yini 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023, 12:23
Coca-Cola Superliga 20-turidan o'rin olgan Olimpik - Nasaf uchrashuvi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotganidan kelib chiqib, "Olimpik" ishtirokidagi ikki uchrashuv boshqa sanalarga qoldirilgan. Biroq "Nasaf" Chempionlar ligasi ishtirokchisi ekanligi tufayli, uning taqvimida bo'sh joy mavjud emas. Shu sababli "Olimpik" "Nasaf"ga qarshi asosiy futbolchilarisiz harakat qilishga majbur.

“Superliga va Pro liga reglamenti”dan kelib chiqib, 29 sentyabr kuni mazkur klublarning U-21 jamoalari o'zaro kurash olib borishi kerak. Biroq ma'lumki, "Olimpik"ning qator futbolchilari Xitoyda bo'lib turibdi. Shundan kelib chiqib, Toshkentda qolgan ayrim futbolchilar ketma-ket ikki kun maydonga chiqishiga to'g'ri kelishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida "Olimpik" U-21 - "Nasaf" U-21 o'yini 1 oktyabr kuni o'tkazilishi kelishildi. Bellashuvga “Jar” maydoni mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfl.uz