Olim Arifov OFK Kubogi yarim final o'yinida komissarlik qiladi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2014, 17:55
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi shu yilning 30 sentyabr kuni o'tkaziladigan OFK Kubogi-2014 yarim final javob o'yinida ishlaydigan rasmiylar nomini tasdiqladi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik komissar Olim Arifov Vissai Xin Bin (Vetnam) - Kitchi (Gonkong) hamda Xanoi (Vetnam) - Arbil (Iroq) juftlklari g'olibi o'rtasidagi yarim final javob o'yinida komissarlik qiladi.

Takidlash joiz, Olim Arifov bungacha OFK Kubogi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ham komissar sifatida ishlagan.

OFK Kubogi-2014, yarim final.
30 sentyabr.
Vissai Xin Bin (Vetnam) - Kitchi (Gonkong) - Xanoi (Vetnam) - Arbil (Iroq) juftiklari g'oliblari.
Referi
: Shtrebre Delovski (Avstreliya).
Referi assistentlari: Natan Aleksandr Makdonald (Avstraliya), Devid Edvard Uolsh (Avstraliya).
Zahira hakami: Rovan Arumug'an (Hindiston).
Nazoratchi: Muhammad Rodzali Bin Yoqub (Malayziya).
Komissar: Olim Arifov (O'zbekiston).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com