OK-2019. Ummon FF prezidenti futbolchilarga O'zbekiston bilan o'yin uchun mukofot vada qildi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2019, 15:28
Ertaga, 9 yanvar kuni Osiyo kubogi-2019 1-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi bahs olib boradi.

Birozdan keyin uchrashuvdan oldingi rasmiy tadbirlar boshlanadi.

Bugun Ummon futbol Federatsiyasi prezidenti Salim Said Al-Vahaybi hamda Ummon FF vice-prezidenti Jassim Al-Shukili terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi. Ummonlik jurnalist Faysal Salimning ma'lum qilishicha, Ummon FF prezidenti o'z futbolchilariga ertangi O'zbekistonga qarshi o'yin uchun alohida mukofot vada qilgan. Bu haqda Ummon FF matbuot xizmati ham xabar berdi.


Umid qilamiz, raqiblarimiz ertaga mag'lub bo'lishadi va mukofotdan quruq qolishadi.


O'zbekiston - Ummon. Uchrashuv hakami ma'lum

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia