O'zbekiston - Ummon. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulot o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2019, 07:30
Bugun O'zbekiston - Ummon o'rtasidagi o'yindan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Dubay vaqti bilan soat 15:15da O'zbekiston bosh murabbiyi Ektor Kuper o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etadi. Unga jamoa sardori Odil Ahmedov hamrohlik qiladi.

Raqibimiz Ummon ustozi Pim Verbek ishtirokidagi matbuot anjumani esa soat 17:15da boshlanadi.


8 yanvar. "Sharja" stadioni
15:15 O'zbekiston matbuot anjumani
16:00 O'zbekiston rasmiy mashg'uloti
17:15 Ummon matbuot anjumani
18:00 Ummon rasmiy mashg'uloti


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia