OK-2015. Bizning MTJ va boshqa ishtirokchilarining 8 yanvar kungi tartibi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2015, 07:37
Avstraliyaning beshta shahrida jamoalar Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayaptilar. Ayniqsa Melburnda ularning soni ko'proq.
Bugun O'zbekiston va KXDR terma jamoalari Sidneyda mashg'ulot o'tkazishadi. Mahalliy vaqt bilan soat 17:30: 19:30da raqiblarimiz "Leichhardt Oval" arenasida mashg'ulot o'tkazadilar. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa "Kogarah Oval" mashg'ulot maydonida 18:00: 20:00 oralig'ida yana ikki kundan keyin bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'radilar.

Qolgan jamoalarning kun tartibi quyidagicha ko'rinish olgan:
Melburn:
Eron MTJning mashg'uloti: 9:00 - 10:30 va 17:00 - 19:00
Avstraliya MTJning mashg'uloti: 17:15 - 18:15
Avstraliya: Quvayt uchrashuvi oldidan matbuot anjumani:  18:30 - 19:30
Quvayt MTJning mashg'uloti: 19:30 - 21:30

Brisban:
Iroq MTJning mashg'uloti: 16:30 - 18:30
Iordaniya MTJning mashg'uloti: 16:45 - 18:45
Saudiya Arabistoni MTJning mashg'uloti: 18:45 - 20:45
Xitoy MTJning mashg'uloti: 19:00 - 21:00

Kanberra:
Ummon MTJning mashg'uloti: 15:00 - 16:30
BAA MTJning mashg'uloti: 16:30 - 18:30
J.Koreya MTJning mashg'uloti: 16:45 - 18:45
Qatar MTJning mashg'uloti: 18:45 - 20:45

Nyukasl
Falastin MTJning mashg'uloti: 18:00 - 20:00

Ko'rib turganingizdek, birgina Eron terma jamoasi ikki mahal mashg'ulot o'tkazadi. Avstraliya va Quvayt vakillari o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarida ishtirok etadilar. Shuningdek, matbuot anjumani ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia