OFK tojik hakamini kelishilgan o'yin tashkillashtirganlikda ayblayapti

Aslanov Jasurbek
22 okt 2015, 15:58
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tojikistonlik hakam Parviz Murtazoevni kelishilgan o'yin tashkillashtirishda ayblab, uni 30 kunga chetlatdi.

OFK bu voqea qaysi uchrashuvda bo'lganini aytmadi, ammo tekshiruv ishlari davom etmoqda va chetlatish 20 kunga oshirilishi mumkin.

OFK FIFAdan diskvalifikaciyani boshqa konfederatsiyalarga kengaytirishni so'radi.

Shu yilning avgust oyida Tojikiston futbol federatsiyasi kelasi yil uchun Parviz Murtazoevning OFK elit ro'yxatidan joy olish uchun tekshiruvning ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qilgan edi.

"Endi tojikistonlik hakam 26dan 30 sentyabrgacha Kuala-Lumpurda bo'lib o'tadigan OFKning "AFC Development group referees course 2015" hakamlik kursida ishtirok etadi. U yerda Parvis Murtazoev ingliz tili bo'yicha suhbatdan o'tadi va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test topshiradi" - deyiladi TFFning bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tj.ru