

OFK sayti musobaqa restarti oldidan "Qaysi futbolchi o'z jamoasi o'yinini o'zgartirib yubora oladi?" mavzusida so'rovnoma qo'ydi. Va nomzodlar qatoriga 7 nafar futbolchini qo'ydi.
Futbolchilar orasida "Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheran ham bor. So'rovnomada shu paytgacha 118 mingdan ziyod o'quvchi qatnashib, hozircha ovoz yig'ish bo'yicha ikki eronlik yetakchilik qilmoqda. Biri "Persepolis" vakili Bashar Rezan, ikkinchisi "Istiqlol" o'yinchisi Mehdi Gayedi.
Shuningdek, "Al Hilol"dan Salim Al Dovsari, "Al Sadd"dan Santi Kasorla, "Al Nasr"dan Abderrazaq Hamdallah va "Sharja"dan Igor Koronado ham kiritilgan. Ushbu havola orqali Dragan Cheranga ovoz berishingiz mumkin.




