

Kecha, 16 yanvar kuni shanxayliklar Qatardagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Andre Villash-Boash jamoasi Saudiya Arabiston chempionati vakili bo'lgan "Al Xalij" bilan kuch sinashdi. Kuchlar teng kelgan bahsni (2:2) Odil Ahmedov Xalk, Oskar va Elkeson bilan asosiy tarkibda boshladi.

Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi sardori o'z hisobiga gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Xitoyliklarning ikkinchi goliga Vu Lei mualliflik qildi.





