Odil Ahmedov gol urgan bahsda "Shanxay SIPG" durang qayd etdi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2017, 15:49
Bugun "Shanxay SIPG" Qatarning Doha shahridagi qishki yig'inni yakunlab, Xitoyga qaytib keldi.

Kecha, 16 yanvar kuni shanxayliklar Qatardagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Andre Villash-Boash jamoasi Saudiya Arabiston chempionati vakili bo'lgan "Al Xalij" bilan kuch sinashdi. Kuchlar teng kelgan bahsni (2:2) Odil Ahmedov Xalk, Oskar va Elkeson bilan asosiy tarkibda boshladi.


Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi sardori o'z hisobiga gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.


Xitoyliklarning ikkinchi goliga Vu Lei mualliflik qildi.




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia