Odil Ahmedov boshchiligidagi O'FA ishchi guruhi Namanganga bordi

Aziz Tukhtamuradov
27 yanv 2022, 08:52
Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Qitamizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan say-harakat allaqachon boshlab yuborilgan. 

Mazkur musobaqa o'yinlari bo'lib o'tadigan hududlar va u yerdagi mavjud sharoitlar o'rganilib, ularni OFK standartiga moslashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda. 

Shu maqsadda O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh Namanganga tashrif buyurdi. Tashrif davomida musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar uchun viloyatdagi mavjud sharoitlar va mehmonxonalar ko'zdan kechirildi. 

Shuningdek, mashg'ulot maydonlari hamda rasmiy uchrashuvlar o'tkaziladigan Uychi tumanidagi ”Paxtakor", Namangan shahridagi "Dinamo" va "Markaziy" stadionlari, ularning zaxira maydonlari o'rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga kerakli topshiriqlar berildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати